Toshkentda ayolga zo‘ravonlik ishlatgan erkak qo‘lga olindi

Toshkentda ayolga zo‘ravonlik ishlatgan erkak qo‘lga olindi

2019 yil 17 may kuni vaqtincha Toshkent viloyati Zangiota tumani O‘zgarish QFYda yashovchi, muqaddam sudlangan R.M. Toshkent shahrining Sergeli tumani Sputnik S-1 mavzesida, M.M. ismli ayolning qo‘lidan hamyonini tortib olib ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, olib ketilgan hamyon ichida 30 000 so‘m pul, 2 dona plastik kartochka va Samsung rusumli mobil telefoni bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida R.M. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!