Toshkentda 300 dan ortiq bino va uylarning issiqlik energiyasiz qolishi sababi aytildi

Toshkentda 300 dan ortiq bino va uylarning issiqlik energiyasiz qolishi sababi aytildi

«TOSHISSIQQUVVATI»ga qarshi Shahriobod (Du700) ko‘chasi bo‘ylab 1-IMdan issiqlik tarmoqlarida 2018 yil 6 dekabr kuni soat 13:00da avariya sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Natijada Mirzo Ulug‘bek tumanining 300 dan ortiq bino va uylari va Yashnobod tumanining bir qismi issiqlik energiyasisiz qolgan.

Avariya, o‘zining foydalanish muddatini o‘tab bo‘lgan issiqlik tarmog‘ining uzatib beruvchi quvurida yorilish bo‘lganligi sababli kelib chiqqan. Avariya, navbatchi brigadalar va isitish mavsumida shaharning issiqlik ta’minotini joyida uzluksiz ta’minlash uchun maxsus texnika yordamida soat 23:00 da bartaraf etilgan.

«TOSHISSIQQUVVATI» DUK xodimlari tomonidan shu kabi hodisalar sodir bo‘lmasligi uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilayotgani bildirilgan. Keltirilgan noqulayliklar uchun ma’muriyat uzr so‘ragan.

Manba: darakci.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!