Toshkentda 14 fevralga o‘tar kechasi o‘tkazilgan tadbirlarda fohishalikda gumon qilingan 34 nafar ayol ushlandi (foto)

Toshkentda 14 fevralga o‘tar kechasi o‘tkazilgan tadbirlarda fohishalikda gumon qilingan 34 nafar ayol ushlandi (foto)

Toshkentda 14 fevralga o‘tar kechasi o‘tkazilgan tadbirlar davomida fohishalik bilan shug‘ullanishda gumon qilingan 34 nafar ayol ushlandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Ularning eng ko‘pi 11 nafari Chilonzor va Uchtepa tumanlarida, Qatortol ko‘chasi Shuhrat chorrahasida va Al-Xorazmiy aylanasida qo‘lga tushdi. 9 nafar ayol Mirobod tumanidagi Shahrisabz va Amir Temur ko‘chalari kesishmasida ushlandi. Bektemirda, Qo‘yliq bozori yaqinida 8 nafar, Yunusoboddagi Amir Temur ko‘chasida 6 nafar ayol qo‘lga olindi.

Ulardan 24 nafari oldinroq Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasiga ( Fohishalik bilan shug‘ullanish ) asosan jazoga tortilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!