Toshkent viloyatida o‘g‘il o‘z otasini pichoqlab o‘ldirdi

Toshkent viloyatida o‘g‘il o‘z otasini pichoqlab o‘ldirdi

2019 yilning 11 mart kuni Toshkent viloyatining Olmaliq tumani Parvoz ko‘chasida yashovchi V.Z. uyida otasi S.Z. bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal sababli otasiga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Oqibatda ota kasalxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. O‘g‘il esa qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!