Toshkent viloyatida ham fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasporti berish boshlandi

Toshkent viloyatida ham fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasporti berish boshlandi
Ma’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda xorijga chiqish tartibini yanada takomillashtirishga alohida ahamiyat qaratilyapti.
Bu yo‘lda aholiga qulay sharoitlar yaratilmoqda. Xorijga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda byurokratik to‘siqlar va korrupsiya holatlarining oldini olish, harakatlanish hujjatining amal qilish muddatini uzaytirishga e’tibor kuchaytirilayotir. Fuqarolarning davlat chegarasidan o‘tkazish punktlarida pasport nazoratidan o‘tish tartib-taomillarini tubdan soddalashtirish bo‘yicha ham salmoqli ishlar olib borilyapti.
Yangi yildan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish jarayonlari boshlangani ham buning tasdig‘idir.
Davlatimiz rahbari tomonidan o‘tgan yil 26 dekabr kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda O‘zbekiston respublikasi biometrik pasport tizimini modernizasiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida gi qarori mazkur ezgu sa’y-harakatlarda muhim dasturilamal bo‘lyapti.
E’tiborlisi, bu borada Toshkent viloyati IIB Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan ham qator ishlar olib borilmoqda. Binobarin, ushbu viloyatda ham fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportlarini berish boshlandi.
Kecha Toshkent viloyatilik 64 nafar hamyurtimizga birinchilardan bo‘lib xorijga chiqish biometrik pasporti jamoatchilik ishtirokida tantanali ravishda topshirildi.
Shular qatorida yurtdoshlarimizga xorijga chiqish biometrik pasporti va uning afzalliklari haqida batafsil ma’lumotlar ham berilmoqda, deydi Toshkent viloyati IIB Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurjov Meliqulov. Ayni chog‘da hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish, fuqarolarda bu borada tug‘ilayotgan savol va masalalarga tezkorlik bilan hamda sifatli javob qaytarish ustuvor vazifamizga aylangan. Bu yo‘nalishga eng malakali mutaxassislarimiz jalb etilgan.
Manba: uza. uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!