Toshkent viloyatida Dubaydan qaytgan 7 nafar karantindagilar 15 sutkaga qamaldi. Nega?

Toshkent viloyatida Dubaydan qaytgan 7 nafar karantindagilar 15 sutkaga qamaldi. Nega?

Bugun Yuqorichirchiq tuman ma’muriy sudida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasi (epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish), 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) da nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik harakatlarini sodir etgan SH. Ummatov (1987 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan), K. Aripov (1989 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan), I. Kamilov (1976 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan), D. Mavlyanova (1986 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan), SH. Toshmamatova (1994 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan), F. Nizamova (1988 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan), P. Rustamova (1990 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan) larga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati xabar qildi.

Ish materiallariga ko‘ra, 2020 yil 1 aprel kuni soat 20:00 lar atrofida Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Energetiklar” sihatgohida, Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahridan mamlakatimizga qaytgan va karantinda bo‘lgan yuqorida qayd etilgan fuqarolar, belgilangan karantin qoidalariga amal qilmasdan, har xil uyatli so‘zlar bilan ushbu sihatgohda saqlanayotgan boshqa fuqarolar va karantin tartibini nazorat qiluvchi xodimlar oldida baqir-chaqir qilishib, ularning tinchligini buzishgan vaqtida, tinchlikni ta’minlash uchun kelgan ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, jamoat joyida ularni xam uyatli so‘zlar bilan so‘kishib mayda bezorilik qilishgan.

Sud ularning ayblari ishda to‘plangan dalillar bilan o‘z tasdig‘ini topgan degan xulosaga kelib, 2020 yil 3 apreldagi qarori bilan SH. Ummatov, K. Aripov, I. Kamilov, D. Mavlyanova, SH. Toshmamatova, F. Nizamova va P. Rustamovaning har biriga 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!