Toshkent viloyatida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Toshkent viloyatida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DBQning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M. A. va boshqalar dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish orqali noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, xorijda ishlab chiqarilgan 750 flakon “Remdisivir for Injektor 100mg” nomli dori vositalarini 30 000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Xuddi shunday, Bo‘stonliq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.A. 3 turdagi 10 740 quti dori vositalarini 10 200 AQSh dollariga dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!