Toshkent va Sirdaryoda yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Toshkent va Sirdaryoda yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.R. Yangiyo‘l tumani, “Qo‘shtepa” MFY hududidagi 36,7 sotix qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan yer maydonini fuqaro M.ga har bir sotixini 1 000 AQSh dollaridan hisoblab sotishga kelishib, tanishlari orqali kadastr hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, jami 36 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.A., onasi M.ga bank muassasasidan 3 yil muddatga berilgan Sirdaryo tumanidagi issiqxonaning yonidagi bank balansida bo‘lgan 50 sotix yer maydonini fuqaro Z.ga turar joy sifatida rasmiylashtirib berishni va’da qilib, evaziga 19 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!