Toshkent-Shahrisabz-Toshkent yo‘lovchi poyezdining harakat jadvali o‘zgaradi

Toshkent-Shahrisabz-Toshkent yo‘lovchi poyezdining harakat jadvali o‘zgaradi

Joriy yil 20-21 oktyabr kunlaridan boshlab Toshkent-Shahrisabz-Toshkent yo‘lovchi poyezdining harakat jadvali o‘zgaradi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, yo‘lovchilarning talablarini inobatga olib, ularga yanada ko‘proq transport xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida 2021 yil 20-21 oktyabr kunlaridan boshlab, Toshkent-Shahrisabz-Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 4/3 sonli yo‘lovchi poyezdining harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritiladi.

O‘zgarishga ko‘ra, hozirgi kunda Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan harakatlanayotgan 4-sonli Toshkent-Shahrisabz yo‘lovchi poyezdi, joriy yil 20 oktyabrdan boshlab yangi jadval asosida soat 18:50 da jo‘naydi. Shuningdek, joriy yil 21 oktyabrdan Shahrisabz-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 3-son yo‘lovchi poyezdi soat 05:31 da Shahrisabz temir yo‘l vokzalidan jo‘naydi.

Ma’lumot uchun, hozirda 4-sonli Toshkent-Shahrisabz yo‘lovchi poyezdi Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan soat 09:00 da, Shahrisabz-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 3-son yo‘lovchi poyezdi Shahrisabz temir yo‘l vokzalidan soat 17:04 da jo‘namoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!