Toshkent shahrida epidemiya avj olish xavfi yanada kuchayishi mumkin

Toshkent shahrida epidemiya avj olish xavfi yanada kuchayishi mumkin

Sog‘liqni saqlash vazirligi ogohlantirdi, Toshkentda aholi orasida aniqlanayotgan kasallanishlar soni ko‘payayotgani sabab hududda vaziyat og‘irlashishi mumkin.

? «So‘nggi kunlarda Samarqand, Navoiy, Toshkent viloyatlari qatori Toshkent shahridan ham aholi orasida koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni kun sayin oshib bormoqda. Kasallanish ko‘rsatkichlari shu tempda o‘sib borsa epidemiya avj olish xavfi yanada kuchayadi.

☝️Bu esa aholidan yanada hushyor bo‘lib, o‘zi va yaqinlari salomatligiga o‘ta mas’uliyat bilan yondashishlarini talab etmoqda.

Jumladan, bugun, hozirga qadar poytaxtimizda koronavirus infeksiyasi aniqlangan 11 nafar fuqaroning barchasi aholi orasidan kasallikni yuqtirib olgan", — deyiladi vazirlik xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!