Toshkent shahar IIBB qonunbuzarlik aks etgan video bo‘yicha chora ko‘rdi

Toshkent shahar IIBB qonunbuzarlik aks etgan video bo‘yicha chora ko‘rdi

Yaqinda Toshkent shahar IIBB YHXB telegram-botiga videoregistrator orqali tushirilgan video kelib tushdi. Videoda Farxod ko‘chasidagi boshqarilmaydigan piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan piyodalarni mashinalar o‘tkazib yuborayotganlari aks etgan. Faqatgina Matiz rusumli taksi mashinasi tezlikda piyodalarni o‘tkazmasdan o‘tib ketgan.

Ushbu avtomobil haydovchisi 43 yoshli Saidaxmad YA. ekanligi aniqlandi. Mazkur fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasi ( Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi ) asosida bayonnoma tuzildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!