Tojikistonning ilk islomiy banki o‘z faoliyatini boshlaydi

Tojikistonning ilk islomiy banki o‘z faoliyatini boshlaydi

Tojikiston milliy banki mamlakatning ilk islomiy banki – “Tavhidbank”ka milliy va xorijiy valyutada islomiy banking xizmatlarini ko‘rsatishi uchun lisenzisiya berdi.

Joriy yilning 1 iyulida “Sohibkorbank”ning nomi “Tavhidbank” deb o‘zgartirilgan edi. “Sohibkorbank”ning o‘zgarish jarayonini o‘tgan yilning bahorida boshlagan. Bu borada Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporasiyasi (Islom taraqqiyot banki tarkibiga kiradi) mutaxassislari yordam berdi. “Sohibkorbank” vakillari islomiy banking orqali aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini qaytarishga umid qilmoqda.

Tojikistonda islomiy bankingni joriy etish haqida 2010 yilda aytilgan edi. 2014 yilning yozida “Islomiy bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Shundan so‘ng Qatar Tojikistondagi ilk islomiy bankingni ochishda qatnashish istagini bildirdi. Biroq 2015 yilda respublikada boshlangan moliyaviy inqiroz tufayli loyihalar to‘xtab qolgandi.

Markaziy Osiyoda islomiy banklar Qozog‘istonda va Qirg‘izistonda ham faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!