Tojikistonda ismlardagi ruscha qo‘shimchalar taqiqlandi

Tojikistonda ismlardagi ruscha qo‘shimchalar taqiqlandi

Rasmiylar hujjatlarda fuqarolarning ruslashtirilgan ismlaridan foydalanishni rasman cheklamoqchi. 2007 yilda prezident Imomali Rahmon o‘z ismini o‘zgartirdi, ammo ismlarda rus tilidagi qo‘shimchalarga taqiq yo‘q edi

Tojikiston parlamentining quyi palatasi hukumatning yangi tug‘ilgan fuqarolarda familiya va otasining ismida rus tilidagi qo‘shimchalardan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi taklifini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda parlament matbuot xizmati xabar berdi.

«Tojikistonda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar  rus tiliga xos bo‘lgan «vich», «ov», «ev», «eva», «ovna» qo‘shimchalarisiz beriladi. Milliy ozchilik vakillari uchun istisno mavjud», - deyiladi xabarda. 

Ushbu qaror ruslashtirilgan ism bilan hujjatlarini olgan mamlakat fuqarolariga ta’sir qilmaydi. Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarida rus tilidagi qo‘shimchalar ishlatilgan bolalar ular bilan pasport olishi mumkin.

Rus tilidagi qo‘shimchalarning o‘rniga endi tojik tiliga xos bo‘lgan qo‘shimchalar ishlatiladi: «zod», «zoda», «on», «yon», «duxt», «pur» va «for».

«Fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida»gi qonunga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi kerak. Tartibga ko‘ra, parlament quyi palatasi ma’qullaganidan keyin, ular yuqori palataga (Majlisi milliy) taqdim etiladi, so‘ng prezident tomonidan imzolanadi.

2007 yilda respublikada ismlardan rus tilidagi qo‘shimchalarni olib tashlash jarayoni prezident Imomali Rahmon tomonidan boshlandi. 1952 yilda tug‘ilganida uning familiyasi ruscha qo‘shimcha - Imomali Rahmonov bo‘lib yozilgan. Biroq, 2007 yilda u familiyasini tojikcha yozish an’anasiga muvofiq o‘zgartirayotganini e’lon qildi - Rahmon. Tashqi ishlar vazirligi bu haqida barcha davlatlarni xabardor qildi. Shu bilan birga, Rahmon o‘shanda fuqarolarni ismlarni ruscha yozishdan voz kechishga chaqirdi, ammo bu hamma uchun shaxsiy masala ekanligini ta’kidladi. Tojiklarning milliy an’analariga ko‘ra, odatda otaning ismi familiya uchun olinadi.

Keyinchalik boshqa siyosatchilar - parlament a’zolari va hukumat a’zolari Rahmonga taqlid qila boshladilar. Xususan, mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Nusratullo Fayzulloyevich Salimov o‘z ismini Fayzullo Nusratullo deb o‘zgartirdi, Tojikiston qishloq xo‘jaligi vaziri Qosim Qosimov esa familiyasini Rohbarga almashtirdi. Tojikiston Til va adabiyoti instituti direktori Sohidod Rohashev familiyasini Rahmatullozodaga o‘zgartirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!