TIV Rossiya–Qozog‘iston chegarasi yaqinida to‘plangan O‘zbekiston fuqarolari borasida bayonot berdi

TIV Rossiya–Qozog‘iston chegarasi yaqinida to‘plangan O‘zbekiston fuqarolari borasida bayonot berdi

Tashqi ishlar vazirligi Rossiya–Qozog‘iston chegarasida to‘planib, O‘zbekistonga qaytishni istayotgan fuqarolar borasida bayonot berdi.

Rossiya Federasiyasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari rejalashtirilmagan va kelishilmagan tadbirlarni o‘tkazish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida avval ogohlantirilganliklariga qaramasdan, Qozog‘iston Respublikasi hududi orqali vatanga qaytish istagida bo‘lgan fuqarolarimizning Rossiya–Qozog‘iston chegarasi yaqinida Samara viloyatida to‘planishi davom yetmoqda, deb xabar beradi TIV.

"Shu munosabat bilan takroran ma’lum qilamizki, 2020 yilning 18 va 19 may kunlari Rossiya–Qozog‘iston chegarasi orqali vatandoshlarimizning O‘zbekistonga olib ketilishi istisno tariqasida va diplomatik vakolatxonalarning avvaldan shakllantirgan ro‘yxati asnosida Rossiya va Qozog‘iston tomonlari bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan yedi. Qo‘shimcha ro‘yxatlar tuzilishi ko‘zda tutilmagan.

Ogohlantirishlarimizga qaramay, 280 taga yaqin fuqarolarimiz Rossiya-Qozog‘iston chegarasi oldida to‘planmoqdalar. O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulligi ma’lumotiga ko‘ra, Samara oblasti Hukumati ushbu fuqarolarni sanoat obyektlarida ish, yotoq joy va oziq-ovqat bilan ta’minlashga tayyorligini bildirgan. Ammo to‘plangan vatandoshlarimizdan faqat 25 tasi ushbu taklifni qabul qilgan bo‘lsa, qolganlari hamon Bolshaya Chernigovka tumani hududida qolmoqdalar. Ishga joylashishni istamagan va chegara yaqinida qolayotgan vatandoshlarimizni o‘zlarining vaqtincha/doimiy yashash joylariga qaytishlarini hamda charter reyslarini kutishlarini so‘rab qolamiz.

Rossiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasini kesib o‘tish nuqtalariga borishga urinmasliklarini, yashash joylarida qolishlarini va karantin choralariga qat’iy amal qilishlarini so‘raymiz", deyiladi bayonotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!