Tezkor! Shayxontohurdagi falokatning sababi ma’lum qilindi

Tezkor! Shayxontohurdagi falokatning sababi ma’lum qilindi

Kichik xalqa avtomobil yo‘lida ishonchnoma asosida Epica rusumli avtomobilni  boshqarib borgan 42 yoshli Aleksandr M. 27 yoshli velosipedchi Tursunboy N.ni urib yuborishi natijasida velosipedchi 27 yoshli Furqat K. boshqaruvidagi Nexia avtomobiliga to‘qnashgan.

YTH natijasida velosiped haydovchisiga o‘rta og‘irlikdagi tan shikastlari yetgan bo‘lib, shifoxonaga yetkazildi.

Velosipedchi yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmagani YTHga sabab bo‘lgan: u velosipedlar uchun mo‘ljallanmagan yo‘lakdan harakatlanib, yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari uchun kutilmaganda “manyovr” amalga oshirgan. Mazkur fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 modadsi birinchi qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!