Tez yordamning 10 nafar xodimi koronavirusga chalingani aniqlandi

Tez yordamning 10 nafar xodimi koronavirusga chalingani aniqlandi

Ukrainaning Zaporojes viloyati Berdyansk shahrida Tez yordam xizmatining o‘n nafar xodimida koronavirus aniqlandi, deya xabar beradi Zaporojes viloyati shoshilinch tibbiy yordam va tabiiy ofatlar tibbiy markazi.

"10 nafar ishchida virus aniqlandi. Besh nafar ishchi burunning oqishi va 38 darajagacha isitma shaklida kichik klinik ko‘rinishga ega. Qolgan besh ishchida klinik alomatlar yo‘q. Hamma o‘zini yaxshi his qilmoqda va shifokorlar nazorati ostida. Shuningdek, podstansiyada infeksiya tarqalishining oldini olish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rildi, barcha ishchilar qayta tekshiruvdan o‘tadilar", — deya xabar berdi markaz o‘zining Facebook'dagi sahifasida.

Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainada jami 58 842 kishi koronavirusga chalingan, 1485 kishi infeksiyadan vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!