Terrorizm dunyo iqtisodiyoti uchun yiliga $34 mlrdga tushyapti

Terrorizm dunyo iqtisodiyoti uchun yiliga $34 mlrdga tushyapti

Iqtisodiyot va tinchlik institutining Global terrorchilik indeksiga ko‘ra, global terrorchilik 2018 yilda kamroq odamning hayotiga nuqta qo‘ydi, biroq uning iqtisodiy va ijtimoiy ta’siri keng qamrovli bo‘ldi.

Terrorizm qurbonlarining umumiy soni ketma-ket to‘rt yil davomida 15.2 %dan kamayib 2018 yilda 15 912 kishini tashkil etdi — bu o‘tgan yillar ichidagi eng yuqori ko‘rsatgich bo‘lgan 2014 yildan 53% ga kamroq degani.

Raqamlarning kamayishida Yaqin Sharqdagi urushlarda qozonilgan g‘alaba hamda mintaqadagi harbiy harakatlarning imkon qadar kamaytirilishi muhim rol o‘ynadi.

Shunga qaramay, hisobotda aytilishicha, dunyo bo‘ylab terrorizm xavfi oldi olinishi va unga qarshi kurash uchun sarflanayotgan pul miqdori ortib borgan: hisob-kitoblar 2018 yilda terrorchilik jahon iqtisodiyotiga $34 mlrdga “tushganini” ko‘rsatmoqda.

"So‘nggi 20 yil ichida, shubhasiz, G‘arb tashqi siyosati va G‘arbning aralashuvi dunyoning turli mintaqalarida terrorizm darajasiga ta’sir ko‘rsatdi", deydi Iqtisodiyot va tinchlik institutining Yaqin Sharq va Yevropa bo‘yicha direktori Serj Strubents.

Afg‘oniston va Iroq hali ham terrorizm qurbonlari soni bo‘yicha yetakchi

Afg‘onistonda ketma-ket ikki yil davomida terrorizm bilan bog‘liq eng ko‘p o‘lim va voqealarni qayd etildi, 2018 yilning o‘zida 7000 dan ortiq o‘lim va 1400 ta terror xodisalari hisobga olindi.

"Afg‘onistonda tolibon harakatining kuchaygani, ISHIDning Xuroson bo‘limi faoliyati jadallashuvi va davom etayotgan siyosiy berqarorlik tufayli zo‘ravonliklar keskin avj oldi", - deyiladi hisobotda.

Shuningdek, tolibon eng dahshatli terror guruh “unvoni”ni ISHIDdan tortib olgan, dunyo bo‘ylab terrorga aloqador o‘limlarning 38%ida ularning “hissasi” bor. 2001 yildan beri Afg‘onistonda qariyb 40 ming kishi terror qurboni bo‘ldi.

"O‘tgan yili Iroqda terrorizm natijasida halok bo‘lganlar sonining 70 foizga kamayganiga guvoh bo‘ldik. Afg‘onistonda esa bu narsa yuqoriga ko‘tarilgan”, - dedi Strubens.

Iroqda vafot etganlar soni 2017 yildagi 4,271 dan 2018 yilda 1054 taga kamaydi va bu 75% pasayishni anglatadi. Shunga qaramay, 2001 yildan beri Iroqda terrorizm bilan bog‘liq voqealarda 66000 dan oshiq odamlar hayotdan ko‘z yumdi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!