Terrorchilik aktlari rejalashtirgan ekstremistlar qo‘lga olindi

Terrorchilik aktlari rejalashtirgan ekstremistlar qo‘lga olindi

Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) xodimlari Olma-Otada gavjum joylarda teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan ikki ekstremistni qo‘lga oldi.

Milliy xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, gumondorlar 14 fevral kuni qo‘lga olingan va ular sud qarori bilan hibsga olingan.

"Ularning yashash joyida olib borilgan tergov harakatlari chog‘ida shikastlovchi elementlari bo‘lgan qo‘lbola portlovchi moslama, uni tayyorlash uchun butlovchi qismlar, sovuq qurol, hujum qilinishi rejaoashtirilgan ob’ektlarni fotosuratli va videotasvirlari olingan smartfonlar musodara qilindi", deyiladi press-relizda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olinganlar respublika hududida, jumladan, gavjum joylarda terrorchilik xurujlarini tayyorlagan.

Terrorizm aktiga tayyorgarlik va terrorizmni targ‘ib qilish faktlari bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!