Taniqli qo‘shiqchi ayol omadsizligi, sevgilisi bilan janjali va o‘z joniga qasd qilishi haqida

Taniqli qo‘shiqchi ayol omadsizligi, sevgilisi bilan janjali va o‘z joniga qasd qilishi haqida

Amerikalik qo‘shiqchi Keti Perri 2017 yilda qanday qilib o‘z joniga qasd qilishni xohlaganini esga oldi.

Perrining so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytda u britaniyalik aktyor Orlando Blum bilan janjallashib qolgan. Bundan tashqari, «Witness» albomining omadsizlikka uchrashi ham uni tushkunlikka tushirgan. Perrining ta’kidlashicha, bu uning musiqiy karyerasidagi birinchi muvaffaqiyatsizligi. "Men juda ko‘p narsa berdim, ammo yo‘lning yarmida "sindim", — dedi qo‘shiqchi. U Xudoga bo‘lgan ishonch unga yordam berganini tan oldi.

2019 yil fevral oyida Keti Perri aktyor Orlando Blum bilan munosabatlari haqida gapirdi, u o‘z eri bilan suratga tushgan fotosuratni joylashtirdi. Keyinchalik homiladorligini e’lon qildi. Juftlik yozda Yaponiyada turmush qurishni rejalashtirishgan, ammo ular koronavirus tarqalishi sababli marosimni keyinga qoldirishga majbur bo‘lishgan.

Blum va Perri 2016 yil yanvar oyida 73-"Oltin globus" marosimida uchrashishgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!