Taniqli jurnalist qizni o‘z uyida zo‘rlashdi. Eng yomoni jinoyatchini uning o‘zi chaqirgan edi

Taniqli jurnalist qizni o‘z uyida zo‘rlashdi. Eng yomoni jinoyatchini uning o‘zi chaqirgan edi

MK.ru ma’lumotlariga ko‘ra, Sobaka nashriyotining xodimasi 11 fevral kuni kechki payt polisiyaga murojaat qilgan. Qizning aytishicha, Profi.ru sayti orqali karnizlarni to‘g‘irlatish uchun uyiga ustani chaqirtirgan.

Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, ishni tugatgan so‘ng usta jurnalist qizga tashlangan, dastlab uni rosa kaltaklagan, unga qarshi qo‘pol xatti-harakatlarni amalga oshirgan, so‘ng esa zo‘rlagan. Shundan keyin qizning telefonini olib ketib, voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan.

Hozirda polissiyachilar tekshiruv ishlarini olib borishmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchi 35-40 yoshlardagi slavyan erkak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!