Taloq masalasida 6 savol...

Taloq masalasida 6 savol...

Savol:

Assalomu alaykum. 

1-savol. Er taloq qildim demayman deb aytaman deb, taloq qildim deb aytvorsa taloq tushadimi, ya’ni demayman so‘zini ayta olmay kolsa.

2-savol. Er xotiniga ishora qilmasdan taloq aytsa-chi?

3-savol. Er taloq haqidagi yozuvlarni, so‘zlarni, kitobga qarab o‘qiganda xotiniga ishora qilib yuborsa-chi? 

4-savol.  Er adashib taloq so‘zini aytvorsa, masalan, “tavba qildim” deyman deb, “taloq qildim” deb aytvorsa.

5-savol. Er o‘ziga o‘zi taloq qildim deb aytsa, lekin buni tashida aytdimi yoki ichida aytdimi er eslay olmasa, taloq bo‘ladimi?

6-savol. Er xayolida xotini bilan gaplashib iddangni sanayver, biz begonamiz deb aytsa va shu joylarini ovoz chiqarib aytsa, taloq tushadimi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Savollar ancha tushunarsiz. Taloq masalasi nozik bo‘lgani uchun aniq yozing yoki atrofingizdagi ahli ilmga uchrang. Ammo umumiy tushungan joylarimiz uchun quyidagi mulohazalarni aytamiz:

1. Taloq tilga chiqmay, faqat ko‘ngildan o‘tsa, tushmaydi. 

2. Bir so‘z aytaman deb, tilida taloq aytib yuborsa, taloq tushadi. 

3. Bu masalalar agar bir odamda yuzaga kelgan bo‘lsa, bu odam biroz vasvasaga tushib qolgan. Qur’on o‘qib, dam solish kerak. 

Alloh yanada biluvchi.

Mubashshir Ahmad

Manba: azon.uz

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!