Talabalar uchun yana bir yangi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi

Talabalar uchun yana bir yangi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi

Tarix va geografiya yo‘nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Qayd etilishicha, kecha, 25 yanvar kuni “Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobiZahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” i Prezident qarori qabul qilingan.

Qarorga ko‘ra, “Zahiriddin Muhammad Bobur merosining Sharq davlatchiligi va madaniyati rivojida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman o‘tkaziladi. “Bobur merosi” xalqaro sayyohlik targ‘ibot dasturi amalga oshiriladi.

Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik davriga bag‘ishlab suratga olinayotgan “Yo‘lbarsning tug‘ilishi” badiiy filmini yakuniga yetkazish choralari ko‘riladi.

Shuningdek, quyidagilar chop etiladi:

- o‘zbek, rus va ingliz tillarida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga doir “Bobur ensiklopediyasi”Ning to‘ldirilgan uchinchi nashri;

- “Bobur” kitob-albomi;

- Bobur asarlari lug‘ati;

- Bobur devonining mukammal nashri.

2023/2024 o‘quv yilidan OTM talabalari uchun tarix va geografiya yo‘nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.

2023 yil 1 avgustgacha o‘zbek, rus, ingliz tillarida faoliyat yuritadigan xalqaro ilmiy boburshunoslik elektron platformasi va uning mobil ilovasi yaratiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!