"Suyuq oltin"ning ming bir shifosi

"Suyuq oltin"ning ming bir shifosi

Zaytun yog‘i boshqa o‘simlik yog‘lariga nisbatan inson organizmida yengil o‘zlashtiriladi. Har xil qon guruhlariga mansub insonlarga birdek mos keladigan, foydali yagona yog‘ hisoblanadi.

• Inson organizmi uchun nihoyatda foydali bo‘lib, qonda xolesterinning zararlisini (LDL) kamaytirish, foydali xolesterinni (HDL) ko‘paytirish xususiyatiga ega. Zaytun mevasi tarkibida yuzdan ortiq moddalar, asosan, moy, oqsil, glikozid­lar, darmondorilar bor.

• Zaytun yog‘ini muntazam iste’mol qiluvchilar yurak, qon-tomir kasalliklariga duchor bo‘lmaydi.

• Uning xushbo‘y hidi ishtahani ochadi, shu sababdan turli salatlarga qo‘shiladi. Bolalarning sog‘lom o‘sishiga yordam beradi va yoshi ulug‘larda erta qarishning oldini oladi.

• Zaytun yog‘i qonning quyuqlashishi va tomirlarning qotib qolishining ham oldini oluvchi mislsiz vositalardan biridir. Jigar faoliyatini yaxshilaydi, safro yo‘llarini faollashtiradi, oshqozon me’yoridan yuqori zardoblanishining oldini olib, yara paydo bo‘lmasligini ta’minlaydi.

• Milk, teri va allergik kasalliklarni davolashda ham foydalidir. Zaytun yog‘i D vitaminiga boy, shu sababli raxit va boldir suyaklarining qiyshiq o‘sishini davolashda foyda beradi. 

• Zaytun mevasi tarkibidagi A, D, E va S vitaminlari inson suyagini mustahkamlaydi, ichak faoliyatini yaxshilaydi.

• Zaytun yog‘i yuqori arterial qon bosimini normallashtiradi, inson tanasiga to‘liq singadi. Qadimgi greklar o‘zlarini har tomonlama baquvvat qilish uchun har kuni ertalab bir qoshiq zaytun yog‘i ichib, orqasidan bir qoshiq asal iste’mol qilganlar. Bu usul erkaklik quvvatining oshishiga ham samarali ta’sir etadi.

• Zaytundagi linol kislotasi tanadagi jarohatlar tez bitishiga, ko‘z ravshanligiga yordam beradi. Zaytun yog‘i insonning yosh, navqiron ko‘rinishiga ko‘mak­lashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!