Surxondaryoda «UAZ» avtomobilidagi gaz balloni portlab ketdi

Surxondaryoda «UAZ» avtomobilidagi gaz balloni  portlab ketdi

Voqea bugun, 28 iyul kuni soat 06:15 da Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani «Yurtim jamoli» MFYda joylashgan «Qora marvarid» MCHJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan. «UAZ» avtomobilga o‘rnatilgan gaz ballonining yorilishi yuzaga kelgan.

Ma’lumotga ko‘ra, hodisa oqibatida jarohatlangan hamda vafot etganlar yo‘q. Avtomobil va shoxobchaning tom qismi zararlangan.

Hozirda mas’ullar tomonidan hodisa sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!