Surxondaryoda qaynotasining uyini o‘ziniki qilib olmoqchi bo‘lgan kelin pullaridan ayrildi

Surxondaryoda qaynotasining uyini o‘ziniki qilib olmoqchi bo‘lgan kelin pullaridan ayrildi

Surxondaryo viloyati. 2020 yilning iyun oyida 26 yoshli Aliya R., Jarqo‘rg‘on tumani “Paxtazavod” MFY., da o‘zining mahalladoshi 47 yoshli Nasiba D.,ga notariusda ishlovchi tanishlari borligini, qaynotasining nomida bo‘lgan xonadonini uning nomiga rasmiylashtirib berishini va’da qilib, aldov yo‘li bilan uy hujjatlari va 6 485 000 so‘m pullarni qo‘lga kiritib bergan va’dasini bajarmagan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Aliya R., 39 yoshli Barchinoy N.,ning ham ishonchiga kirib, unga bankda ishlovchi tanishlari orqali kredit olib berishni va’da qilib, 600 000 so‘m pul mablag‘ini olib ushbu pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Aliya R.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,  tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hozirda ushbu Aliya R.,dan boshqa jabrlangan shaxslar bor yo‘qligi aniqlanmoqda.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!