Surxondaryo viloyati hokimi Afg‘onistonning Balx viloyatiga jo‘nab ketdi

Surxondaryo viloyati hokimi Afg‘onistonning Balx viloyatiga jo‘nab ketdi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegasiya O‘zbekiston xalqi nomidan birodar afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini yetkazish maqsadida Afg‘onistonning Balx viloyatiga jo‘nab ketdi.

Jami 8 ta yuk mashinasiga ortilgan insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 48 tonna bug‘doy, 15 ming litr o‘simlik yog‘i, 10 ming dona konservalangan go‘sht, 24 tonna shakar va 22 tonna makaron mahsulotlari hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan qadoqlangan lag‘mon paketlari o‘rin olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!