Suriyada Rossiya harbiylari AQSh harbiylarini to‘xtatdi. Sababi...

Suriyada Rossiya harbiylari AQSh harbiylarini to‘xtatdi. Sababi...

Suriyada  Rossiya harbiy polisiyasi o‘z harakati to‘g‘risida xabar bermagan AQSH harbiy texnika karvonini to‘xtatdi.

Bu Suriyaning shimoli-sharqidagi  Xaseke  viloyatida  sodir  bo‘ldi.  Urushayotgan  tomonlarni  yarashtirish  markazi  boshlig‘ining  o‘rinbosari  Aleksandr  Karpovning  so‘zlariga  ko‘ra,  oltita zirhli  mashinalaridan  iborat  avtoulov  magistral  bo‘ylab  g‘arbiy  yo‘nalishda  kelishilmagan  marshrut  bo‘ylab  harakatlangan. 

Karpovning ta’kidlashicha, bu amerikaliklar tomonidan kelishilgan protokollarni buzishdir.

Ayni  paytda  Pentagon  vakili  Jessika  Maknalti  voqea  yuzasidan  izoh  berishdan  bosh  tortdi.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!