Stoltenberg: "Bu masala, umuman, stolda bo‘lishining dastlabki sharti — Ukrainaning g‘alaba qozonishidir"

Stoltenberg: "Bu masala, umuman, stolda bo‘lishining dastlabki sharti — Ukrainaning g‘alaba qozonishidir"

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukraina NATOga a’zo bo‘lishga loyiqmi degan savolga javob berar ekan, a’zolik uchun Ukraina urushda g‘alaba qozonishi va demokratik davlat sifatida omon qolishi zarur, deb javob berdi.

"Bu masala, umuman, stolda bo‘lishining dastlabki sharti — Ukrainaning g‘alaba qozonishidir. Va biz hozir buni amalga oshirishga yordam bermoqdamiz. Uchrashuvda ittifoqchilar ilg‘or harbiy texnika bilan qo‘llab-quvvatlashda davom etishga tayyor ekanliklarini ochiq aytishdi. Bu o‘q-dorilar, yoqilg‘i va ukrainaliklarga o‘zini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan hamma narsani qamrab oladi”, — deydi Stoltenberg.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘arb yetakchilari Ukrainaning NATO va YEIga kirishi masalasi faqat urush tugaganidan keyin ko‘rib chiqilishi mumkinligini bir necha bor ta’kidlagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!