Srechko Katanes sog‘lig‘i bilan yuzaga kelgan muammolar tufayli o‘z vataniga jo‘nab ketdi

Srechko Katanes sog‘lig‘i bilan yuzaga kelgan muammolar tufayli o‘z vataniga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston milliy jamoasining JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi Hongkongga qarshi o‘tadigan Toshkentdagi uchrashuvda Srechko Katanes bo‘lmaydi.

«O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes bugun kutilmaganda sog‘lig‘i bilan yuzaga kelgan muammolar tufayli o‘z vatani Sloveniyaga jo‘nab ketishga majbur bo‘ldi.

Hongkong milliy jamoasi bilan bo‘ladigan o‘yinga milliy jamoamiz murabbiy assistenti Alesh Cheh boshchiligidagi shtab qo‘l ostida tayyorgarlikni davom ettiradi», - deyiladi O‘FA xabarida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston – Hongkong o‘rtasidagi JCH-2026 2-saralash bosqich 4-turi doirasidagi o‘yin 26 mart kuni soat 19:30da boshlanadi. O‘yin «Bunyodkor» stadionida o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!