Zelenskiy: Ukraina urushda g‘alaba qozonish rejasini to‘liq tayyorlab qo‘ygan

Zelenskiy: Ukraina urushda g‘alaba qozonish rejasini to‘liq tayyorlab qo‘ygan

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev Rossiya bilan urushda g‘alaba qozonish rejasi ustida ishlashni yakunlaganini aytdi.

Avvalroq u bunday hujjat «90 foiz tayyor» va tez orada ittifoqchilarga topshirilishi haqida xabar bergan edi.

«Bizning g‘alaba rejamiz allaqachon to‘liq tayyorlangan, barcha nuqtalar, barcha asosiy urg‘ular, rejaga tafsilotlar bilan zarur qo‘shimchalar aniqlangan. Hammasi ishlab chiqilgan. Hozir eng muhimi – amalga oshirishdagi qat’iyat», — dedi Zelenskiy kechki nutqida.

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller shu hafta AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenga Ukrainaning Rossiyaga urushni tugatish uchun bosim o‘tkazish rejasining elementlari haqida ma’lumot berilganini aytdi.

Avgust oyida Zelenskiy Ukraina rejasida diplomatik va iqtisodiy jabhada qo‘shimcha qadamlar, jumladan, Rossiyani urushni diplomatik yo‘l bilan tugatishga majburlash uchun kuchli paket ham borligini aytdi.

Chorshanba kungi murojaatida Zelenskiy, shuningdek, uning rejasi mojaroni hech qanday shaklda muzlatishni nazarda tutmasligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!