Sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi buyumlar

Sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi buyumlar

👡Baland poshnali poyabzallarni doim kiyish yurish oyoq mushaklari, bo‘g‘imlari deformasiyasiga sabab bo‘ladi. Baland poyabzal kiyishning ta’siri ko‘p yillar davom etadi va kelajakda jarohat olish xavfini oshiradi. 

🥿Yassi poyabzal. Qulay va past poshnali poyabzal ham oyoq mushaklari optimal ishlashiga imkon bermaydi, bu esa tizza va bel muammolariga olib kelishi mumkin. Shuningdek, tekis poyabzal kiyish plantar fassiitning eng katta sababchisi bo‘lishi mumkin.

💼Katta sumkalar. Kattaroq sumkalarning xavfi ularning kattaligida emas, balki biz to‘ldiradigan narsalarning og‘irligida. Sumka og‘irligi yurishga salbiy ta’sir qiladi, mushaklar va bo‘yinga kuchli bosim beradi.

👖Tor jinsi shim asab tugunlariga bo‘ladigan bosimni kuchaytiradi va  qon aylanishiga to‘sqinlik qiladi, bu esa oyoqlarda karaxtlikka, varikoz tomirlarining shishishiga olib keladi. Jinsi terlashni kuchaytiradi va bu zararli bakteriyalar uchun ideal sharoit yaratadi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!