Soch ektirishda donor sochidan foydalanish mumkinmi?

Soch ektirishda donor sochidan foydalanish mumkinmi?

Soch — insonning yarim xusni. Uning ortiqcha to‘kilishi esa ko‘pchilikda psixologik muammolarni keltirib chiqaradi. Shu bois bugun bu holatning oldini olish uchun zamonaviy tibbiyot bemorlarga soch ekish amaliyotini taklif etmoqda.

❓ Xo‘sh, bunda nimalarga e’tibor berish kerak? Ushbu muolaja o‘tkazilgan insonlar nimalardan ehtiyot bo‘lishlari lozim? Kimlarda bu amaliyotni amalga oshirish mumkin emas?

👩‍⚕️ Ushbu savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokori, trixolog Minnura Qodirova javob berdi.

🩺 — Avvallari soch to‘kilishi asosan 40 yoshdan keyin kuzatilgan bo‘lsa, hozirga kelib, bu holat yoshlar o‘rtasida ham ko‘p uchramoqda, — deydi mutaxassis. — Hatto, mijozlar orasida 20 yoshgacha bo‘lgan yigitlarni ham uchratish mumkin.

🔬 Soch ektirish uchun, eng avvalo, tajribali mutaxassisga murojaat qilish lozim. Chunki ushbu amaliyot juda nozik hisoblanadi. Malakali mutaxassis esa sizga bu borada zarur tavsiyalarni bera oladi.

🏃🏻Mazkur muolaja o‘tkazilgan mijozlar 7-10 kun davomida jismoniy va asabiy zo‘riqishlardan tiyilishi kerak. Shuningdek, soch teriga o‘rnashib, yaxshi joylashib olguniga qadar sport zallariga chiqish, og‘ir mashg‘ulotlarni bajarish mumkin emas.

🚿 Sochni yuvish masalasiga kelsak, ortiqcha kimyoviy moddalar qo‘shilmagan bolalar shampunidan foydalanish tavsiya etiladi. Faqat amaliyotdan bir oy o‘tgandan so‘ng, sochlarni istalgan shampunda yuvish mumkin.

🖇 Shuni aytish kerakki, soch boshqa organizmda umuman rivojlanmaydi. Shu bois bemorning eng yaqin insonlari ham unga donor bo‘la olmaydi. Agar mijozning donorlik qismida tolalar siyrak bo‘lsa, soqol va ko‘krak qafasi sohasidan tuk olib o‘tkaziladi.

🩸Mazkur amaliyotni bajarishga qarshi bir qancha ko‘rsatmalar mavjud. Misol uchun, qon ivish tizimidagi kasalliklar, allergik reaksiyalar hamda qandli diabetning xavfli turlarida soch ekib bo‘lmaydi. Qolaversa, 15 yoshdan kichik bolalarda ham bu muolajani o‘tkazish tavsiya etilmaydi.

‼️Soch to‘kilmasligi uchun bir qancha salbiy omillar – nurlanish, nerv tolalari zararlanishi, mikroelementlar yetishmovchiligi hamda vitaminlar tanqisligidan saqlanish lozim. (https://telegra.ph/file/8b537940e7e98b9e8a4ce.png)
x


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!