Sirdaryoda qurilish bo‘limi boshlig‘i va uning sherigi qo‘lga olindi

Sirdaryoda qurilish bo‘limi boshlig‘i va uning sherigi qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Mirzaobod tuman arxitektura bo‘limi sobiq mutaxassisi Z.J. fuqaro F.T.ga 12 sotix yer maydoni ajratish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va uning yordamchi xo‘jaligi binosi loyiha hujjatlarini Sirdaryo tuman qurilish bo‘limi boshlig‘i orqali tayyorlab berish evaziga undan 1 200 AQSh dollari talab qilib, shundan 2,1 mln so‘mini qo‘lga kiritib, qolgan 900 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Shuningdek, Z.J.ning ko‘rsatuvlariga asosan davom ettirilgan tadbirda, Sirdaryo tuman qurilish bo‘limi boshlig‘i X.K. fuqaro F.T.ga 12 sotix yer maydoni ajratish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va uning yordamchi xo‘jaligi binosi loyiha hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga
400 AQSh dollarini xizmat xonasida pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining "Aniq.uz"ga ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan X.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi, fuqaro Z.J.ga nisbatan 212-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!