Shotlandiyada joylashgan orol kvartira narxida sotuvga qo‘yildi

Shotlandiyada joylashgan orol kvartira narxida sotuvga qo‘yildi

Shotlandiyada joylashgan orol Londondagi kvartira narxida sotuvga qo‘yildi, deb xabar beradi “Metro” nashriga tayanib «ekolog.uz».

“Inchconnachan” nomli kimsasiz orol 500 ming funt sterlingga sotilmoqda.

Nashrning yozishicha, Londondagi kvartiralar narxi ham, taxminan, shu atrofda. Orolning maydoni 42 gektarga teng bo‘lib, Lox-Lomond ko‘li o‘rtasida joylashgan. U o‘simliklar bilan zich qoplangan va 20 yildan buyon hech kim yashamaydi.

Unga faqat qayiqda yetib borish mumkin. Orolda 1920-yillarda yog‘ochdan qurilgan uy mavjud.

Uni buzib tashlashga, shuningdek, beshta yotoqxonaga ega yangi uy qurishga ruxsat berilgan.

Bundan tashqari, orolning yangi egalari qayiqlar stansiyasi, pirs (kemalarni bog‘lab qo‘yishga mo‘ljallangan maxsus joy) va qo‘shimcha kulba qurishlari ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda Shotlandiyada maydoni 1,8 ming gektardan ortiq bo‘lgan orol 4,25 million funt sterlingga sotuvga qo‘yilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!