Shofirkon tuman markazi ichimlik suvi tarmoqlarini rekonstruksiya qilishdagi talon-torojlik fosh etildi

Shofirkon tuman markazi ichimlik suvi tarmoqlarini rekonstruksiya qilishdagi talon-torojlik fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shofirkon tuman bo‘limi tomonidan viloyat “Suvinspeksiyasi” va Buxoro shahar Obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida, Shofirkon tuman markazi ichimlik suvi tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlari bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat o‘lchovida, “E.” MCHJ rahbarlari hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 254,4 mln so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari, shuningdek, suv ta’minoti va oqava suv ob’ektlari qurilishi bo‘yicha Ijiniring kompaniyasi DUK Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan ushbu jamiyatga 254,4 mln so‘m byudjet mablag‘i o‘tkazib berilganligi aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi hamda 209-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!