Sharqiy Qozog‘istonda samolyot halokatga uchradi

Sharqiy Qozog‘istonda samolyot halokatga uchradi

An-2 rusumidagi samolyot 26 fevral kuni Ust-Kamenogorsk shahri yaqinidagi Praporshikovo qishlog‘i yaqinida halokatga uchradi, deya xabar berdi Sharqiy Qozog‘iston viloyat favqulodda vaziyatlar departamenti.

Xabarlarga qaraganda,samolyot bortida besh kishi bo‘lgan. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Vladimir Liga asoslanib mahalliy OAVning xabar qilishicha, samolyot uchuvchisi shifoxonaga yotqizilgan, qolgan to‘rt kishi esa yengil jarohat olgani va ularning hayoti xavf ostida emasligi uchun uylariga ketishga ruxsat berilgan.

Aviasiya rasmiylarining aytishlaricha, An-2 samolyoti mahalliy “Orlan 2000” aviakompaniyasiga tegishli bo‘lib, viloyat markazidan Aksuat tomon sanitar topshirig‘iga ko‘ra parvoz qilayotgan edi. Mahalliy vaqt bilan 12:50 da ekipaj “dvigatel bilan noqulay vaziyat yuzaga kelgani” borasida xabar bergan. Fuqaro aviasiya qo‘mitasining xabar qilishicha, havo kemasi Ust-Kamenogorsk aeroportidan bir yarim kilometr uzoqlikka qo‘nishga majbur bo‘lgan, uning bortida besh kishi: uch nafar ekipaj a’zosi va ikki nafar yo‘lovchi bor edi.

IIVning favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi samolyotning dvigateli yonib ketganini ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!