Shahrixonda issiqxona qurish uchun ajratilgan yer maydonining bir qismini sotmoqchi bo‘lgan fuqaro aniqlandi

Shahrixonda issiqxona qurish uchun ajratilgan yer maydonining bir qismini sotmoqchi bo‘lgan fuqaro aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrixon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Q.J. o‘ziga issiqxona qurish uchun ajratilgan 30 sotix yer maydonining 4 sotixini fuqaro D.ga uy-joy qurish uchun vakolatli tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga uning 2 700 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan, shuningdek tekshiruv jarayonida Q.J. o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lib, ushbu pullar hisobidan 3 mln so‘mni o‘z ixtiyori bilan taqdim qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!