Chempionlar ligasi. Haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlar e’lon qilindi

Chempionlar ligasi. Haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlar e’lon qilindi

UYEFA matbuot xizmati Chempionlar ligasining yarim final dastlabki o‘yinlaridan so‘ng joriy haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ro‘yxatdan ikki futbolchi o‘rin oldi:

Vinisius Junior («Real» hujumchisi) — «Bavariya»ga qarshi o‘yinda (2:2) raqib darvozasi tomon 4 ta zarba berib, ikkita gol urdi.

Mats Xummels («Borussiya» himoyachisi) — «PSJ» bilan bahsda (1:0) raqiblardan to‘pni 4 marta olib qo‘ydi, 9 marta to‘pni jamoasining nazoratiga qaytardi. Uzatmalarining aniqligi esa 86 foizga teng bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!