Chempionlar ligasining keyingi mavsumida Germaniyadan 5 jamoa ishtirok etadi

Chempionlar ligasining keyingi mavsumida Germaniyadan 5 jamoa ishtirok etadi

Bundesliganing 5 jamoasi Chempionlar ligasining keyingi mavsumida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Xabaringiz bor, mavsum-2025/2025dan boshlab musobaqa yangi formatda o‘tkaziladi va guruh bosqichida 36 klub qatnashadi. Guruh bosqichiga beriladigan qo‘shimcha 4 ta kvotadan 2tasi joriy mavsumda UYEFA koeffisiyentlar jadvalida yuqori 2 pog‘onani egallagan mamlakatga beriladi.

Ushbu ikki o‘rindan birini avvalroq Italiya qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi yo‘llanmani Germaniya qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, agar «Borussiya Dortmund» Chempionlar ligasida g‘olib chiqadigan bo‘lsa, Germaniyadan naq 6 jamoa ishtirok etadi.

Ayni paytda «Bayer», «Bavariya», «Shtutgart», «Leypsig» va «Dortmund» klublari yo‘llanma masalasini hal qilib bo‘lishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!