Qo‘shma Shtatlar Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi

Qo‘shma Shtatlar Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi

AQSh Davlat departamenti tomonidan e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari ukrainalik askarlarga qarshi xloropikrin zaharli moddasidan foydalangan.

Vashingtonning fikricha, Moskva kimyoviy qurollardan foydalanish bo‘yicha xalqaro taqiqni buzgan. Shu sababli, AQShning yangi sanksiyalar ro‘yxatiga kimyoviy va biologik qurol dasturlari bilan bog‘liq Rossiya Mudofaa vazirligining radiasiya, kimyoviy va biologik mudofaa qo‘shinlari, Rossiya amaliy akustika ilmiy-tadqiqot instituti va Rossiya Mudofaa vazirligining 48-Markaziy tadqiqot instituti, shuningdek, to‘rtta kompaniya kiritilgan.

Ukraina Qurolli kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 500 nafar ukrainalik askar organizmiga zaharli moddalar ta’siridan davolangan, bir askar ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan bo‘g‘ilib halok bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!