Nufuzli forum doirasida O‘zbekistonda dunyoning barcha qit’alaridan yangidan-yangi ishonchli hamkorlar jam bo‘lmoqda

Nufuzli forum doirasida O‘zbekistonda dunyoning barcha qit’alaridan yangidan-yangi ishonchli hamkorlar jam bo‘lmoqda

Xabar berilganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev uchinchi Toshkent xalqaro investisiya forumining yalpi majlisida nutq so‘zladi.

Davlatimiz rahbari forum ishtirokchilarini samimiy qutlab, yildan-yilga yaxshi an’anaga aylanib borayotgan ushbu format doirasida yurtimizda dunyoning barcha qit’alaridan yangidan-yangi ishonchli hamkorlar jam bo‘layotganini ta’kidladi.

O‘tgan uch yil davomida mazkur forum ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish, eng dolzarb muammolarni muhokama qilish, ilg‘or g‘oya va yondashuvlarni ishlab chiqish uchun samarali muloqot maydoniga aylandi.

Bugungi tadbirda 93 ta davlatdan ikki yarim mingdan ortiq xorijiy mehmonlar kelgani ham forumning ahamiyati tobora ortib borayotganini yaqqol tasdiqlaydi.

Bu o‘z navbatida, mamlakatimizda ortga qaytmas tus olgan islohotlarga, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga bo‘lgan ulkan qiziqishdan dalolat beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!