ECHL. «Borussiya D» o‘z maydonida «PSJ»ni kichik hisobda mag‘lub etdi

ECHL. «Borussiya D» o‘z maydonida «PSJ»ni kichik hisobda mag‘lub etdi

Evropa Chempionlar Ligasi yarim finalida “Borussiya D” va “PSJ” jamoalari 1 may, chorshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi. Biroq 36-daqiqaga kelib, dortmundliklar futbolchisi Fyullkrug hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim nemis jamoasining kichik ustunligi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda ham jamoalar xavfli hujumlarni to‘xtatmadi. Shunga qaramasdan bo‘limda darvozalar ishg‘ol etilmadi.

Shu tariqa Dortmund klubi minimal hisobda g‘alaba qozondi. Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 7 may kuni bo‘lib o‘tadi.

ECHL, 1/2 final
1 may, chorshanba
“Borussiya D” – “PSJ” 1:0
Gol: 1:0 – 36 Fyullkrug.
“Borussiya D”: Kobel, Ryuyerson (Volf, 87), Hummels, Shlotterbek, Matsen, Zabiser, Jan, Brandt (Nmecha, 87), Mukoko, Sancho, Adeemi (Roys, 83), Fyullkrug.
“PSJ”: Donnarumma, Hakimiy, Markinyos, Ernandes (Lukas Beraldo, 42), Mendesh, Fabian Ruis, Vitinya, Zair-Emeri, Dembele, Barkolya (Kolo-Muani, 65), Mbappe.
Ogohlantirishlar: Matsen (19), Fabian Ruis (53), Shlotterbek (73).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!