O‘zbekiston va Saudiya Arabistonining energetika sohasidagi hamkorligi yanada chuqurlashtiriladi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistonining energetika sohasidagi hamkorligi yanada chuqurlashtiriladi

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi mamlakatimiz delegasiyaning Saudiya Arabistoniga amaliy tashrifi tashkil etildi.

28-30 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan tashrif davomida delegasiya a’zolari Saudiya Arabistonining Sharqiya mintaqasida bo‘lib, hududdagi sanoat zonalari va korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, O‘zbekiston delegasiyasi "Saudi Aramco" rahbariyati bilan energetika sohasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish va ushbu sohada yangi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Saudiya Arabistoni energetika vaziri Shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot avvalida Abdulaziz Ol Saud joriy yil 2-3 may kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro investisiya forumida qatnashish uchun mamlakatimizga borayotganini bildirdi. U tashrif doirasida qator uchrashuvlar rejalashtirilganini ma’lum qildi va ushbu muhim tadbir muvaffaqiyatli o‘tishiga ishonch bildirdi.

Uchrashuv doirasida energetika sohasidagi ilg‘or kompaniyalar tomonidan aniq yo‘nalishlar va faoliyat turlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

Mamlakatimiz delegasiyasi, shuningdek, Ar-Riyoz shahrida bir qator Saudiya Arabistoni kompaniyalari rahbarlari bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!