«Oltin qalam» mukofotining taqdirlash marosimi 14 may kuniga qoldirildi – Jurnalistlar uyushmasi

«Oltin qalam» mukofotining taqdirlash marosimi 14 may kuniga qoldirildi – Jurnalistlar uyushmasi

Har yili 3 may – Jahon matbuoti erkinligi kunida o‘tkaziladigan «Oltin qalam» mukofotining taqdirlash marosimi bu yil boshqa sanaga ko‘chirildi.

Bunga sabab 2-3 may kunlari Toshkentda yirik tadbir III-Xalqaro investisiya forumining Xalqaro Anjumanlar saroyida o‘tkazilishi ekan.

Ma’lumki, 2-3 may kunlari Toshkentda yirik tadbir III Xalqaro investisiya forumi o‘tkazilyapti. Jurnalistlarimiz ushbu tadbirlarda faol ishtirok etadi. Biz buni hisobga olgan holda XVIII "Oltin qalam" milliy mukofoti taqdirlash marosimiga jurnalistlarni keng jalb qilish maqsadida 3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag‘ishlab o‘tkazib kelinayotgan tantanali tadbirni 14 may kuni Xalqaro anjumanlar saroyida o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz, deya ma’lum qildi Jurnalistlar uyushmasi raisi v.b. Xolmurod Salimov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!