Gruziyada “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonunga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tmoqda

Gruziyada “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonunga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tmoqda

Tbilisidagi Parlament binosi oldida minglab namoyishchilar to‘plangan. Namoyishchilar bino darvozalari oldida to‘siqlar o‘rnatishmoqda. Ayrim namoyishchilar binoga bostirib kirishga urinishyapti.

Gruziya Ichki ishlar vazirligi xavfsizlik kuchlari deputatlarning Parlament binosidan xavfsiz chiqib ketishini ta’minlaganini ma’lum qildi.

Ichki ishlar vazirligi rahbari o‘rinbosari Daraxvelidzening aytishicha, namoyishchilar parlament binosiga bostirib kirishga urinmoqda, polisiya esa o‘z navbatida maxsus vositalardan foydalanmoqda. Xavfsizlik kuchlari, shuningdek, Mtkvari (Kura) daryosining o‘ng qirg‘og‘ida namoyishchilarni tarqatib yuborilishini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!