Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.Sh.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi G.L. hech qanday hujjatsiz jami 245 dona “Reduksin” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaro B.M.ga 5,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini resept bo‘yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!