Shahar hokimligi: Toshkent tashqi ko‘rinishini tartibga solish vaqti keldi

Shahar hokimligi: Toshkent tashqi ko‘rinishini tartibga solish vaqti keldi

Toshkent tashqi ko‘rinishini tartibga solish vaqti keldi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda Chilonzor tumanida joylashgan ko‘plab vaqtinchalik qurilmalar va savdo rastalari, savdo-sotiq ob’ektlari tartibga keltirilmoqda.

Fotolavhalarni kuzatib, aholi turar joylariga tutash holda barpo etilgan qurilmalar oraliq masofasi nuqtai nazardan ham, tashqi ko‘rinishi va jihozlanishi bo‘yicha ham qurilish normalariga zid bunyod etilganini anglash qiyin emas , - deyiladi xabarda.

Shuningdek, barcha tadbirkorlar ish boshlab, buning uchun joy tanlayotganda va hujjatlar tayyorlayotganda shaharsozlikka oid talablar bilan tanishtirilishi qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!