"Shahar bedarvozami? Kim bo‘ldi bu erkatoylar?" xabariga aniqlik kiritildi

"Shahar bedarvozami? Kim bo‘ldi bu erkatoylar?" xabariga aniqlik kiritildi

Joriy yilning 30 iyul kuni ijtimoiy tarmoqda davlat raqam belgilari bo‘lmagan, ruxsat etilmagan moslama o‘rnatilgan "Lasetti" rusumli avtomobillar haydovchilari qo‘pol qoidabuzarliklar bilan harakatlanayotganligi aks etgan video tarqaldi.

Video yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borildi. Holat joriy yil 28 iyul kuni soat 14:00larda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Nurafshon ko‘chasida sodir bo‘lgan. Qora rangli "Lasetti" avtomobili haydovchisi S.X., oq rangli "Lasetti" avtomobili haydovchisi A.G‘. va yana bir qora rangli "Lasetti" avtomobili haydovchisi A.Y. aniqlanib o‘rnatilgan tartibda bayonnoma tuzildi va avtomobillar vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!