Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim qildi

Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim qildi

Rossiya 23 aprel kuni Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Innoprom ko‘rgazmasida vodorod yoqilg‘isi bilan ishlaydigan dunyodagi birinchi hashamatli avtomobilni taqdim etdi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, noyob avtomobil Aurus Senat avtomobili namunasida ishlab chiqilgan. Modelni Rossiya markaziy ilmiy-tadqiqot avtomobil va avtomobil dvigatellari instituti (NAMI) taqdim etgan.

Kompaniya vakilining ma’lum qilishicha, avtomobil uchta elektr motor bilan jihozlangan. Ulardan biri old tomonda, qolgan ikkitasi esa orqa tomonda joylashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!