Gvardiola Angliyadagi eng zo‘r futbolchi kimligini aytdi

Gvardiola Angliyadagi eng zo‘r futbolchi kimligini aytdi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi joriy mavsumda Angliya Premyer-ligasida eng zo‘r o‘yin ko‘rsatayotgan futbolchi kimligini aytdi.

- Men Angliya Premyer-ligasining eng zo‘r o‘yinchisi, deb Fil Fodenni e’tirof etaman. Maydonning raqib tomonidagi qismida bu futbolchining ta’siri juda kuchli. U to‘g‘ri qaror qabul qila oladi va gol urishni ham yaxshi uddalamoqda.

Qolaversa, Foden chempionatda g‘olib chiqishni boshqalardan ko‘proq istamoqda va mana shu intilish ko‘p narsadan dalolat beradi, - dedi Xosep Gvardiola.

Fil Foden mavsumda yuqori samaradorlik ko‘rsatmoqda. Hujumkor futbolchi barcha turnirlarda 48 marotaba maydonga tushib, 24 ta gol va 10 ta assist qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!